Bundesliga. “Bayer” o‘z maydonida “Bavariya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bundesliga. “Bayer” o‘z maydonida “Bavariya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 21-turida “Bayer” va “Bavariya” 10 fevral, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv “Bayer”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollar Josip Stanishich, Alexandro Grimaldo va Jeremi Frimpong hisobiga yozildi.

Xabi Alonso shogirdlari chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar endi ulardan 5 ochko ortda qolmoqda.

Bundesliga
21-tur bahsi
“Bayer” – “Bavariya” 3:0
Gollar
: 1:0 – 18 Stanishich, 2:0 – 50 Grimaldo, 3:0 – 90 Frimpong.
“Bayer”: Gradeski, Stanishich, Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo (Puerta, 90), Jaka, Andrix, Virs (Glojek, 90), Tella (Frimpong, 65), Adli (Hofmann, 82).
“Bavariya”: Noyer, Mazraui, Dayer, Upamekano (Kimmix, 60), Kim Min Chje, Boe (Gerreyru, 81), Pavlovich (Myuller, 60), Goretska (Tel, 71), Sane, Musiala (Shupo-Moting, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Boe (36), Goretska (62), Tapsoba (64), Adli (77), Gradeski (83).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.