Shahram G‘iyosov 25 fevral kuni jang qiladi. Kechadan o‘rin olgan boshqa janglar bilan tanishing

Shahram G‘iyosov 25 fevral kuni jang qiladi. Kechadan o‘rin olgan boshqa janglar bilan tanishing
25 fevralga o‘tar kechasi AQSHning Orlando shahrida professional Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu kechada hamyurtimiz Shahram G‘iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shuningdek, yana 6 ta qarama-qarshilik o‘rin olgan.

Quyida ushbu boks oqshomidan o‘rin olgan juftliklar bilan tanishtirib o‘tamiz:

- Edgar Berlanga (AQSH, 21-0,16 KO) – Predrag Makkori (Irlandiya, 18-0, 9 KO);

- Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston, 14-0,9 KO) – Pablo Sezar Kano (Meksika, 35-8-1,25 KO);

- Antonio Vargas (AQSH, 17-1,9 KO) – Jonatan Rodriges (AQSH, 17-1-1,7 KO);

- Endi Krus (Kuba, 2-0,1 KO) – Brayan Rodriges (Meksika, 14-2,5 KO);

- Yankiyel Rivera (Puerto Riko, 4-0,2 KO) – Endi Dominges Velaskes (10-0,6 KO);

- Aaron Apante (AQSH, 8-1-1,2 KO)– Yozef Fernandes (AQSH, 17-5-3,6 KO);

- Ruis Kordoba (Kuba, 4-0,3 KO) – Joshua Brays (AQSH, debyut).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.