Shomurodovning qachon tarkibga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Shomurodovning qachon tarkibga qaytishi ma’lum bo‘ldi
“Kalyari” Italiya “A” seriyasidagi keyingi o‘yinni “Napoli”ga qarshi o‘tkazadi. Klaudio Raneri shogirdlari mavsumning ikkinchi davrasida tarkibda yo‘qotishlarga duch keldi.

Masalan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘ng oyog‘idan olgan jarohati sabab, bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Franchesko Kalzano boshqarayotgan jamoaga qarshi uchrashuvgacha “Kalyari” jamoasining bir necha futbolchisi tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi jamoa safiga qo‘shilgan. Hafta so‘nggidagi uchrashuvda terma jamoamiz yetakchisi maydonga qaytishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.