BAA chempionati. "Al-Vahda" Hojimat Erkinovning goli evaziga g‘alaba qozondi

BAA chempionati. "Al-Vahda" Hojimat Erkinovning goli evaziga g‘alaba qozondi
\"Al-Vahda\" klubi BAA chempionati 14-turi doirasida \"Al-Batex\" bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida yagona golni Petrus Bumal kiritdi. Mehmonlarning ikki goli esa Ahmad Nurillohi va Hojimat Erkinov nomiga qayd etildi. Uchrashuvning 78-daqiqasida o‘ng qanotdan uzatmadan keyin jarima maydonchasi markazidagi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Aynan shu to‘p \"Al Vahda\"ga g‘alaba keltirdi. Hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirgan hamyurtimiz Erkinov o‘zining jamoasidagi ilk golini urdi.

Shu tariqa, Abu Dabi jamoasi turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 24 ochko mavjud.

BAA Chempionati.
\"Al Batayex\" — \"Al Vahda\" 1:2
Gollar
: Petrus Bumal — Axmad Nurllohi, Hojimat Erkinov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.