Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi!

Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
Chexiya poytaxti Praga shahrida Prague International Chess Festival turniri bo‘lib o‘tmoqda. 5 mart, seshanba kuni ushbu musobaqaning 7-tur bahslarida Abdusattorov Vinsent Keymerga qarshi dona surib g‘alaba qozongani haqida xabar berilgan edi.

6 mart, chorshanba kuni Nodirbek Abdusattorov eronlik Parham Maghsoodlooga qarshi dona surdi. Aynan Parham Nodirbekning eng yaqin ta’qibchisi edi.

Qiyin kechgan o‘yinda hamyurtimiz kuchli o‘yin namoyish etib g‘alabaga erishdi.
Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
Ushbu g‘alabadan so‘ng Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda amaldagi jahon chempioni Ding Lirenni ham ortda qoldirib, dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Uning ochkolari 2765,5 ga yetdi.
Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
Foto: 2700chess
Bundan tashqari ushbu g‘alaba Nodirbekka musobaqa g‘olibligini ham taqdim etdi. Hozirga kelib uning hisobidagi ochkolar soni 6 taga yetdi. Undan keyingi o‘rinlarda joylashgan Nguyen, Maghsoodloo va Praggnanandha 4,5 ochkodan jamg‘argan. Nodirbek Abdusattorov ertangi turda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham birinchi o‘rinda qoladi.
Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi!
Foto: “Chess”
Nodirbek Abdusattorov, bugun 7 mart sanasida musobaqaning so‘nggi turida Richard Rapportga qarshi dona suradi. Ushbu uchrashuvning natijasi Nodirbekka qimmatli reyting ochkolari beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.