Italiyada raqib futbolchisining yuziga “kalla qo‘ygan” bosh murabbiy haydaldi

Italiya A Seriyasining 28-turida kutilmagan holat yuz berdi. “Lechche” futbolchilari keskin va murosasiz uchrashuvda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Verona”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Roberto D\'Aversa raqib futbolchisi Toma Anrining yuziga boshi bilan zarba berdi.
- “Lechche” – “Verona” o‘rtasidagi uchrashuvning oxirida ro‘y bergan voqeadan keyin, “Lechche” klubi bosh murabbiyi Roberto D\'Aversa o‘z lavozimidan ozod etilgani e’lon qilindi. Murabbiyni klubda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildiramiz, - deyiladi klub saytining rasmiy bayonotida.
48 yoshli mutaxassis “Lechche”ni 2023 yilning 27 iyun kuni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriyada 28 ta uchrashuvda 5 ta g‘alaba, 10 ta durang va 13 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Roberto D\'Aversa raqib futbolchisi Toma Anrining yuziga boshi bilan zarba berdi.
- “Lechche” – “Verona” o‘rtasidagi uchrashuvning oxirida ro‘y bergan voqeadan keyin, “Lechche” klubi bosh murabbiyi Roberto D\'Aversa o‘z lavozimidan ozod etilgani e’lon qilindi. Murabbiyni klubda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildiramiz, - deyiladi klub saytining rasmiy bayonotida.
48 yoshli mutaxassis “Lechche”ni 2023 yilning 27 iyun kuni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriyada 28 ta uchrashuvda 5 ta g‘alaba, 10 ta durang va 13 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













