Italiyada 5 nafar bokschimiz Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Italiyada 5 nafar bokschimiz Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Italiyadagi litsenzion turnir yakunlandi. 3-11 mart kunlari Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi 1-jahon kvalifikatsion turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda erkaklar va ayollar milliy terma jamoamiz ham 9 nafar bokschi bilan ishtirok etishdi. Olimpiyada yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, erkaklar terma jamoamiz o‘zlari ishtirok etgan barcha vaznda yo‘llanmaga ega chiqishgan bo‘lsa, ayollarimizdan bir nafar vakilamiz Parij-2024 olimpiyadasiga yo‘llanmani naqd qildi.

Parij chiptasini qo‘lga kiritgan bokschilarimiz bilan tanishing:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov

Erkaklar terma jamoamiz to‘liq tarkibda, 7 ta vaznda ham Parij-2024 yo‘llanmasiga ega chiqishgan, ayollarimizda esa 4 ta vaznda halicha yo‘llanma qo‘lga kiritilmadi va endilikda ular Tailandda bo‘lib o‘tadigan litsenzion turnirda ishtirok etadilar.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.