Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"

Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan \"Lokomotiv\" va \"Paxtakor\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs yakuniga yetgach, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bizning kunimiz bo‘lmadi. Yoshlarda barqarorlik yetishmaydi, raqiblarga vaziyatlarni o‘zimiz sovg‘a qildik. Ular o‘sha holatlardan foydalanib, gol urib ketishdi. Barchasida yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik.

Sobirxo‘jayev markazda hujumlarimizni rivojlantirardi, bog‘lovchi bo‘lib berardi. U betob bo‘lib qoldi va bizga yetishmadi. Abdumannonov ham o‘ziga kela olmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.