Xosep Gvardiola: Ilk safar hayajonli, keyingilari unchalik emas

Xosep Gvardiola: Ilk safar hayajonli, keyingilari unchalik emas
Xosep Gvardiola: Ilk safar hayajonli, keyingilari unchalik emas

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining sobiq jamoasi «Barselona» bilan Evropa Chempionlar Ligasida to‘qnash kelishi borasida fikrlarini bildirdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

«Barselonaga qaytish men uchun o‘ziga xos voqelik bo‘lishini inkor etolmayman. Men shu shaharda voyaga etdim, futbolchi bo‘ldim, umrimning katta qismini u erda o‘tkazdim. Ko‘pchilikni shaxsan taniyman, – futbolchilar, jamoa xodimlari, muxlislar va jurnalistlar.

Umuman, men bu jarayonni «Bavariya» bilan birga bosib o‘tdim. Birinchi gal hislarga to‘lsangiz, keyingilarini normal qabul qilasiz. Guruhdan chiqishimiz uchun yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerak.

«Barselona» va «Borussiya» Menxengladbaxni yaxshi bilaman. Shu bilan birga, «Seltik»ni hurmat qilaman, ularning barchasi Evropa darajasidagi jamoalar», – degan Gvardiola.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.