Abbosbek Fayzullayev zahirada qolgan o‘yinda “SSKA” autsayder bilan durang o‘ynadi

Abbosbek Fayzullayev zahirada qolgan o‘yinda “SSKA” autsayder bilan durang o‘ynadi
Foto: Championat
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasi 22-turidan o‘rin olgan “Sochi” — “SSKA” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 30 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Moskva jamoasi Sochiga qarshi safardagi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda g‘alabani boy berdi.

“Armiyachilar” murabbiyi bu safar ham Abbosbek Fayzullayev zaxirada qoldirishga qaror qildi.

“SSKA” RPLda 33 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda, “Sochi” 14 ochko bilan so‘nggi 16-pog‘onani egallab turibdi.

“Sochi” – “SSKA” 2:2
Gollar
: 0:1 – Chistyakov (15 avtogol), 0:2 – Zabolotniy (46), 1:2 – Guarirapa (50), 2:2 – Kramarich (73).

“Sochi”: Zabolotniy, Zaika (Sutormin, 73), Chistyakov (Drkushich, 46), Alves, Makarchuk (Attiyyat-alla, 64), Saavedra, Yukich (Burmistrov, 74), Kravsov, Yusupov (Litvinov, 90), Kramarich, Guarirapa.

“SSKA”: Akinfeyev, Xelven, Moyzes, Diveyev, Villian Rosha, Gayich, Zdelar, Mendes (Chalov, 75), Oblyakov, Davila (Musayev, 70), Zabolotniy.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.