Turkiya Superkubogidagi “spektakl”. “Fenerbahche” futbolchilari “Galatasaroy”ga qarshi bahsning ilk daqiqasidanoq maydonni tark etdi (video)

Turkiya Superkubogidagi “spektakl”. “Fenerbahche” futbolchilari “Galatasaroy”ga qarshi bahsning ilk daqiqasidanoq maydonni tark etdi (video)
Futbol bo‘yicha Turkiya Superkubogi doirasidagi “Galatasaroy” va “Fenerbahche” o‘rtasidagi o‘yin bir necha daqiqa davom etdi.

“Fenerbahche” maydonga U-19 jamoasi futbolchilarini tashladi. O‘yinning ilk daqiqasidayoq “Galatasaroy” futbolchisi Mauro Ikardi gol urdi.
Turkiya Superkubogidagi “spektakl”. “Fenerbahche” futbolchilari “Galatasaroy”ga qarshi bahsning ilk daqiqasidanoq maydonni tark etdi (video)
Shundan so‘ng “Fenerbahche” o‘yinchilari maydonni tark etdi, klub esa o‘yinni oxirigacha yetkazmasligini ma’lum qildi.
Raqib maydonni tark etgach, “Galatasaroy” futbolchilari ikkiga bo‘linib, mashg‘ulot o‘yini tashkil etdi.
Turkiya Superkubogidagi “spektakl”. “Fenerbahche” futbolchilari “Galatasaroy”ga qarshi bahsning ilk daqiqasidanoq maydonni tark etdi (video)
Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Trabzonspor” va “Fenerbahche” o‘rtasidagi o‘yin tugashi bilan “Fenerbahche” futbolchilari maydon markazida g‘alabani nishonladi, bu esa mezbon muxlislarni xursand qilmadi va ular maydonga ommaviy yugurib kirishdi. Shundan so‘ng, mehmon futbolchilar va muxlislar ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Turkiya Superkubogidagi “spektakl”. “Fenerbahche” futbolchilari “Galatasaroy”ga qarshi bahsning ilk daqiqasidanoq maydonni tark etdi (video)
Istanbul klubi Turkiya chempionatini tark etish haqida o‘ylagan, ammo keyinchalik qarorni uch oyga kechiktirdi.

Hozirda klub Turkiya futbol federatsiyasi rahbariyatiga qarshi chiqmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.