Anchelotti: «Balki keyingi bosqichga yo‘l olarmiz»

Anchelotti: «Balki keyingi bosqichga yo‘l olarmiz»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ikki kuchli jamoalar ishtirokidagi teng kurashni ko‘rdik. Biz ularning maydonida pressing qilayotgan vaqtimizda barchasi yaxshi kechayotgandi. Uchrashuvning boshida kiritilgan kutilmagan gol bizning rejalarimizga ta’sir qildi.

Biroq bundan so‘ng 60 daqiqa davomida ajoyib futbol ko‘rsatdik. Ammo keyin biz ikkita daxshatli gollarni o‘tkazib yubordik. Bu gollarni menimcha hech bir darvozabon qaytara olmasdi. Ikkinchi uchrashuvda ham bugungi kabi harakat qilamiz. Ko‘ramiz, balki keyingi bosqichga yo‘l olarmiz
», — dedi Anchelotti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.