UFC 300. Arman Sarukyan Charlz Oliveyrani mag‘lub etdi

UFC 300. Arman Sarukyan Charlz Oliveyrani mag‘lub etdi
Las Vegasda 14 aprel tongida UFC 300 turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy kardidan o‘rin olgan jangda Arman Sarukyan Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqdi.

1-raund Oliveyraning nazorati ostida o‘tdi. Ammo keyingi raundlarda Sarukyan ustunlik qildi. Yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, Arman g‘alaba qozondi: 28-29, 29-28, 29-28.

Sarukyan uch jangdan buyon g‘alaba qozonmoqda va hali kamar uchun jang qilmadi. Oliveyra esa so‘ngi jangida Beneil Dariushni mag‘lub etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.