IBA Chempionlar oqshomi. A’loxon Abdullayev mo‘g‘ulistonlik raqibini nokautga uchratdi

IBA Chempionlar oqshomi. A’loxon Abdullayev mo‘g‘ulistonlik raqibini nokautga uchratdi
“Humo Arena”da 14 aprel, yakshanba kuni “IBA Chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tmoqda.

-75 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi A’loxon Abdullayev mo‘g‘ulistonlik Jargal Otgonjargalga qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. 5 ta raundda ham ustunlik qilgan A’loxon 5-raundda raqibini nokautga uchratdi.

Oqshomning asosiy jangi Hasanboy Do‘stmatov hamda Samuel Karmona o‘rtasida kechadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.