SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi yarim finalida “SSKA” 16 aprel, seshanba kuni “Baltika”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Chalov penaltidan hisobni ochdi. 36-daqiqada esa o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev moskvaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “SSKA” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki o‘yinida “SSKA” 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Rossiya Kubogi
Yarim final
16 aprel, seshanba
“SSKA” — “Baltika” 2:0
Gollar
: 1:0 – 34 Chalov (penalti), 2:0 – 36 Abbosbek Fayzullayev.
“SSKA”: Torop, Gayich, Moyzes, Villian Rosha, Zdelar, Agapov (Xelven, 76), Oblyakov (Lukin, 69), Mendes, Fayzullayev (Davila, 69), Chalov, Musayev (Zabolotniy, 46).
“Baltika”: Borisko, Osipov, Andrade (Lisakovich, 46), Radmanovach, Fernandes (Malyarov, 46), Lazarev, Kaplenko, Avanesyan, Kuzmin (Enrikes, 75), Ribchinskiy, Fernandes (Ostoyich, 46).
Ogohlantirish: Lukin (74).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.