Italiya klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgan ekan

Italiya klubi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgan ekan
\"Parma\" SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqmoqda. ParmaLive\'ning xabariga ko‘ra, italyan klubi A Seriyaga chiqsa O‘zbekiston terma jamoasining 20 yoshli o‘yinchisi borasida taklif berishi mumkin.

\"Parma\" ayni damda B Seriyada 33 turdan so‘ng 69 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Fayzullayev o‘tgan yilning yozidan beri SSKAda o‘ynamoqda. U joriy mavsum \"armiyachilari\" safida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 11ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 5 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.