Bektemir Meliqo‘ziyev fransiyalik yengilmas raqibini mag‘lub etdi

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini O‘zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida o‘tkazdi.
Bektemir fransiyalik Per Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.
Shuningdek, Bektemir WBA reytingini ham yaxshilab oldi. Dibombe esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bektemir fransiyalik Per Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.
Shuningdek, Bektemir WBA reytingini ham yaxshilab oldi. Dibombe esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













