Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti

Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti
“Barselona” mavsumlar oralig‘ida bosh murabbiy masalasini ham hal qilishi talab etiladi.

Hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes mavsum so‘ngida klubdan ketadi. Avvaliga, klub rahbariyatini uni olib qolish yo‘llarini qidirayotgan edi. Biroq Chempionlar ligasidagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin vaziyat keskin o‘zgardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar nufuzli mutaxassislarni bosh murabbiylikka olib kelishni maqsad qilgan.

Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” xo‘jayinlari “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta, “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola yoki PSJni boshqarayotgan Luis Enrikeni ko‘zlamoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu murabbiylarni olib kelish oson bo‘lmaydi. Eng asosiy masala, kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli bunga imkon bermasligi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.