Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
\"Real\" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti \"Kadis\" (3:0)ga qarshi La Liga 34-tur doirasidagi o‘yindan so‘ng 19 yoshli yarim himoyachi Arda Gyulerning o‘yini haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, turk \"qaymoqranglilar\"ning asosiy tarkibida maydonga chiqdi va 66-daqiqada almashtirildi.

\"Nega Gyulerga to‘liq 90 daqiqa o‘ynashga bermadim? Arda o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni o‘ynadi, sababi u juda ham yosh. U o‘z sifatlarini ko‘rsatishni boshlayapti... va bugun uni o‘yindan oldim, sababi menga yangi oyoqlar va o‘yindagi g‘alaba kerak edi. \"Real\" bilan shartnoma imzolayotganimda ular menga yoshlarga daqiqalar berishni emas, o‘yinlarni yutishimni so‘rashgan. U to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘ryapman va bu pozitiv holat. O‘tish davom etmoqda, sababi u rivojlanmoqda, qariya o‘yinchilar esa haligacha fantastik darajada\", — deydi Anchelotti.

\"Real\" La Liganing joriy mavsumida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 34ta o‘yinda 87 ochko jamg‘ardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.