Shavkat Mirziyoyev U-23 terma jamoasi haqida: «Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim»

Shavkat Mirziyoyev U-23 terma jamoasi haqida: «Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag‘lubiyati va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida fikr bildirdi.

«Bilasizlarmi? Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning o‘rniga o‘zim bo‘lsam, deymanda. Nimaga bunday bo‘lishi kerak ekana, bittagina to‘pa? Shunday ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, ularning ko‘pi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.

Endi biz ham darrov chempion bo‘lamiz deymizda. Biz birinchi marta jamoaviy turda Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Bu ham katta yutug‘imiz.

Futbol ham oson ish emas. Hozirda 5-6 ta nafar futbolchimiz dunyoga mashhur jamoalarda to‘p surmoqda. Bundan esa men faxrlanaman
», — dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.