Rossiyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgan Abbosbek Fayzullayev taqdirlash marosimida nimalar dedi?

Rossiyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgan Abbosbek Fayzullayev taqdirlash marosimida nimalar dedi?
Kecha SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev RPL «Yil kashfiyoti» nomiga loyiq deb topildi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi minbarda ushbu sovrinni qo‘lga kiritishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

«Hammaga xayrli kech. Menga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman, bu juda yoqimli holat. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritishimda yordam bergan jamoadoshlarim, murabbiylarim va klub rahbariyatiga rahmat aytaman. Ular doim meni qo‘llab turishgan. Shuningdek, SSKAning muxlislariga alohida minnatdorchilik bildirib o‘taman», — dedi Abbosbek.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.