O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta loyiha start oldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta loyiha start oldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarixda ilk marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Tarixiy natija qayd etgan jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uzbekistan\'s Club tashabbusi bilan kreativ industriya vakillari birlashib, “Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba” loyihasini amalga oshirishmoqda.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta loyiha start oldi
Ushbu tashabbus O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandosh” jamoat fondi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Uzbekistan Airways, Ucell kabi bir qator tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ayni vaqtda “Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba” loyihasi asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Media markazi katta pavilonida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining rasmiy madhiyasi tasvirga olinmoqda. Shu maqsadda Venkon PR, United Soft, Ahad Mix Group, Dilshoh Media Art Sraft kabi kompaniyalardan iborat maxsus ijodiy guruh shakllantirilgan, Germaniyadan taniqli kinooperator Maks Sui taklif etilgan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta loyiha start oldi
Unda terma jamoa yulduzlari va bosh murabbiy Timur Kapadze ishtirok etadi. Musiqiy trek Konstaning “O‘zbekistonlik” qo‘shig‘i bo‘ladi.

Loyiha 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert mobaynida taqdimot qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, 1—18 iyul kunlari keng ko‘lamli #QonimdaGalaba chellenjiga start beriladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta loyiha start oldi
Chellenj umummilliy xarakterga ega. Unda barcha fuqarolar va xorijdagi vatandoshlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Chellenj bo‘yicha ma’lumotlar, o‘tkaziladigan tanlov shartlari bo‘yicha tez orada ma’lum qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.