Xitoydagi boks oqshomida hamyurtimiz mag‘lubiyatsiz kelayotgan bokschi ustidan g‘alaba qozondi

Xitoydagi boks oqshomida hamyurtimiz mag‘lubiyatsiz kelayotgan bokschi ustidan g‘alaba qozondi
Kecha, Xitoyning Foshan shahrida professional boks kechasi tashkil etildi. Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik Kamron Eshmatov ham ringga ko‘tarildi.

Javlon Eshmatov hamda Sardor Razzaqov shogirdi bo‘lgan yurtdoshimiz ugandalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan David Ssemujjuga (5-0) qarshi bahs yuritdi. 8 raundlik qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilik to‘liq davom etdi.

Yakunda, raundlar mobaynida yaqqol ustunlik qilgan hamyurtimiz haqli tarzda g‘alaba qozondi va raqibiga 5 g‘alabali seriyadan so‘ng, ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi.

E’tiborli jihati, yurtdoshimiz 7 ta jangini yengil vazn (61,2 kg) toifasida o‘tkazgandi. Bu safar esa yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida ringga ko‘tarildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.