Hakam to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketganini payqamasdan ruslarning golini hisoblamadi


19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Evro-2017 saralash musobaqasidan o‘rin olgan Isroil – Rossiya (1:1) uchrashuvini boshqargan hakam ruslarning haqqoniy golini hisoblamadi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Ikkinchi bo‘lim vaqtida, hisob 0:0 ekanida, rossiyaliklar tezkor hujumda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Valeriya Zarubinaning zarbasidan keyin to‘p darvozaga kirib, to‘r teshigidan chiqib ketdi. Bosh hakam esa buni payqamay qoldi va golni inobatga olmadi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Rossiya futbol ittifoqi bu o‘yin natijasi yuzasidan rasmiy shikoyat yozdi.
UEFA tashkiloti yaqin orada bu vaziyatni o‘rganib chiqib, o‘z qarorini e’lon qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













