Ro‘ziqul Berdiyev: "Dastlabki daqiqada yuzaga kelgan vaziyatimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Dastlabki daqiqada yuzaga kelgan vaziyatimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi"
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan \"So‘g‘diyona\" - \"Nasaf\" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- O‘yinni ko‘rdinglar, bugun har bir kichik sabablar haqida to‘xtalmoqchi emasman. \"So‘g‘diyona\" jamoasi g‘alaba qozondi, raqiblarni tabriklaymiz.

- Ikkita chetlatishdan so‘ng ham 10 daqiqa atrofida o‘yin bo‘ldi. Gol urish uchun \"Nasaf\"ga nima yetishmadi?

- Shu bois o‘yin haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. O‘sha dastlabki daqiqalarda yuzaga kelgan vaziyatimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Raqib yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda yuzaga kelgan vaziyatidan unumli foydalandi. Ko‘plab hujumlar qildik, o‘yindagi ustunlikka ega bo‘ldik, biroq gol ura olmadik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.