"BRIKS" o‘yinlari: Boks bo‘yicha ayollar ishtirokidagi janglar yakunlandi

"BRIKS" o‘yinlari: Boks bo‘yicha ayollar ishtirokidagi janglar yakunlandi
Rossiyaning Qozon shahrida xalqaro \"BRIKS\" o‘yinlari davom etmoqda. Bugun ushbu musobaqaning boks bahslariga start berildi.

Vakillarimiz ishtirokidagi dastlabki bahsda -48 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Saidaxon Rahmonova, afsuski, rossiyalik Lia Patlayga qarshi bahs olib bordi va yakunda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-50 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda esa Sabina Boboqulova hamhindistonlik Anamikaga mag‘lub bo‘ldi.

-54 kg vaznda hindistonlik Soniyaga qarshi bahs olib borgan Nigina O‘ktamova, raqibasini qiyinchiliksiz taslim etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-60 kg vazn toifasida bokschimiz Rashida Tagirova, bellaruslik Alla Ivashkevichga qarshi o‘tgan bahsda, hakamlar qaroriga ko‘ra taslim bo‘ldi.

-66 kg vaznda bahs olib borgan bokschimiz Hadichabonu Abdullayeva, o‘zining ilk bahsida hindistonlik Manju Bamboriyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Aziza Zokirova, o‘z jangida bellaruslik Alina Veberni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugungi bokschi qizlarimiz o‘rtasidagi so‘ngi bahsda, +81 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Diyoraxon Abdummanobova afsuski, hindistonlik Nupurga imkoniyatni boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.