Paralimpiya. Ruxshona O‘ktamova jahon kubogida jahon rekordini yangiladi

Paralimpiya. Ruxshona O‘ktamova jahon kubogida jahon rekordini yangiladi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, bundan biroz avval yoshlar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz Ruxshona O‘ktamova 109 kg natija qayd etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati, vakilimiz ushbu natija orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordini ham bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.