Aleksandr Krestinin: "Raqib kamroq xato qildi va g‘alaba qozondi"

Aleksandr Krestinin: "Raqib kamroq xato qildi va g‘alaba qozondi"
Superliga 12-turidan o‘rin \"Lokomotiv\" - \"So‘g‘diyona\" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham yaxshi vaziyatlar yarata olishdi. Himoyada yetarlicha stabil o‘ynay olmadik. Raqib kamroq xato qildi va shu sababli g‘alaba qozondi.

- \"Lokomotiv\" jamoasi uch oydan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bunday inqiroz jarayonida jamoangiz o‘yinida qandaydir pozitiv jihatlarni ta’kidlab o‘ta olasizmi? Jamoa yomon natija qayd etayotganiga qaramay, jamoada o‘sish sezmoqdasizmi?
- Albatta. \"Dinamo\"ga qarshi kechgan uchrashuvdan ancha tartibli futbol o‘ynadik. Ko‘proq vaziyatlar yaratdik. O‘z yo‘limizda davom etishimiz kerak. Xatolar uchrab turibdi. Ularni to‘g‘rilashimiz kerak. Ruhiy tomonlama ham bosim bor.

- \"Lokomotiv\" qayd etayotgan yomon seriya futbolchilarga ta’sir qilayotgani haqida gapirib o‘tgan edingiz. Futbolchilaringiz yo‘l qo‘yayotgan xatolar ushbu bosim sabablimi? Bugun darvozabon ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi va ishonchsiz o‘yin namoyish etdi.
- Gaplaringizda bog‘liqlik bor. Lekin professional futbolchi har doim o‘zining emotsional holatini stabil ushlab tura olishi kerak.

- Yosh futbolchi Shohrux Hudoyberganov bugun debyut qildi. Yosh futbolchini ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdingiz, ammo 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas Hudoyberganov yana zahiraga olindi. Bunga sabab nima bo‘ldi?
- Sababi oddiy. U o‘z funksiyasini yaxshi bajara olmadi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchi jamoaga foyda keltirishi kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.