Yevro—2024. Belgiya Ukraina bilan, Ruminiya Slovakiya bilan durang o‘ynadi

Yevro—2024. Belgiya Ukraina bilan, Ruminiya Slovakiya bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining E guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 26 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Belgiya Ukrainaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda darvozalar ishg‘ol etilmadi va durang natija qayd etildi.

Slovakiya esa Ruminiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Duda hisobni ochdi. 37-daqiqada Marin penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va ushbu o‘yin ham durang natija bilan yakunlandi.

3-turdan so‘ng ushbu guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan:
Yevro—2024. Belgiya Ukraina bilan, Ruminiya Slovakiya bilan durang o‘ynadi
Yevro—2024
3-tur

26 iyun, chorshanba
Ukraina – Belgiya 0:0
Ukraina: Trubin, Timchik, Svatok (Yarmolenko, 81), Matvienko, Zabarniy, Mikolenko (Zinchenko, 58), Shaparenko (Vanat, 70), Sudakov, Brajko (Stepanenko, 70), Yaremchuk (Malinovskiy, 70), Dovbik.
Belgiya: Kastels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate, de Bryuyne, Tilemans (Mangalya, 62), Onana, Trossard (Karrasko, 62), Doku (Bakayoko, 77), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Fas (43), Dovbik (69).

Slovakiya – Ruminiya 1:1
Gollar
: 1:0 – 24 Duda, 1:1 – 37 Marin (penalti).
Slovakiya: Dubravka, Pekarik, Shkrinyar, Vavro, Gansko, Kuska, Lobotka, Duda, Garaslin (Suslov, 70), Shrans (Dyurish, 78), Streles (Bojenik, 70).
Ruminiya: Nise, Rasiu, Burke, Dregushin, Banku, Haji (Man, 66), Stanchu, Marin, Marin, Dregush (Pushkash, 67), Koman (Soresku, 58).
Ogohlantirishlar: Burke (45+1), Banku (45+3).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.