Srechko Katanes: "Kuchli jamoalardan iborat yaxshi guruh shakllandi. Eng asosiysi, biz uzoq safarlarni amalga oshirmaymiz"

Srechko Katanes: "Kuchli jamoalardan iborat yaxshi guruh shakllandi. Eng asosiysi, biz uzoq safarlarni amalga oshirmaymiz"
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichi qur’a natijalari haqida fikrlarini bildirdi.

\"Kuchli jamoalardan iborat yaxshi guruh shakllandi. Eng asosiysi, biz uzoq safarlarni amalga oshirmaymiz. Bunday terma jamoalar bizning guruhga tushmagani va Qirg‘iz Respublikasi biz bilan bir guruhdan joy olgani yaxshi bo‘ldi, chunki bizga yaqin mamlakat, uzoq safar qilmaymiz.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar JCHga chiqish har bir futbolchi uchun o‘ziga xos motivatsiya. Yigitlar hozirdan ilk uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashlari kerak
\", – dedi O‘zbekiston MTJ ustozi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.