Hojimat Erkinov nimaga Olimpiada uchun e’lon qilingan qaydnomadan joy olmadi?

Hojimat Erkinov nimaga Olimpiada uchun e’lon qilingan qaydnomadan joy olmadi?
Xabaringiz bor, \"Parij-2024\" uchun O‘zbekiston terma jamoasining qaydnomasi e’lon qiliindi. Ushbu jamoaga \"Al-Vahda\" a’zosi Hojimat Erkinov kiritilmadi.

\"Sports.uz\"ga ma’lum bo‘lishicha, Erkinovning klubi uni Olimpiadada ishtirok etishi uchun ruxsat bermadi. Jamoa 23 yoshli futbolchini tezroq mashg‘ulotlarga qaytishini istamoqda. Shu sababli, u BAAga jo‘nab ketgan.

Bundan ko‘rinadiki, O‘FA \"Al-Vahda\" bilan kelisha olmagan. Aslida, shunga o‘xshash holat Osiyo kubogida ham ro‘y bergandi. Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda Abu-Dabi jamoasi Hojimatni final oldidan qaytarib olgan va BAA kubogi finalida vinger maydonga tushgandi.
Hojimat Erkinov nimaga Olimpiada uchun e’lon qilingan qaydnomadan joy olmadi?
O‘shanda \"Al-Vahda\" kubokni qo‘lga kiritib, Erkinov jamoasi bilan ilk sovrinini yutgandi. Umuman olganda futbolchimiz uchun mavsum yomon o‘tgani yo‘q. U klubi tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.