Nagelsmann: "Ko‘zyoshlarimni zo‘rg‘a tiyib turibman"

Nagelsmann: "Ko‘zyoshlarimni zo‘rg‘a tiyib turibman"
Nemislar chorak finalda Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi (1:2). Yulian Nagelsmann Germaniyaning Yevro-2024ni tark etishigi fikr bildirdi.

Oxirgi marta nemislar 1996 yilda turnir g‘olibi bo‘lishgan. Shunga qaramay Germaniya terma jamoasi Yevro tarixidagi eng ko‘p g‘olib bo‘lganlardan hisoblanadi: Ularda Ispaniya kabi uchta Yevro bosh sovrini bor.

\"Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ko‘rib turibsiz, ko‘zyoshlarimni zo‘rg‘a tiyib turibman, chunki bu men uchun juda hissiyotli mag‘lubiyat.

Muxlislar qo‘llab-quvvatlashi doimo kerakligi haqida aytib kelganman, ayniqsa omadsiz yakunlangan turnirlarda. Ko‘p narsalarni o‘zgartirmoqchi edik. Ko‘pchilik istamagan qarorlarni qabul qildik, chunki bizning o‘z g‘oyalarimiz bor edi
\" - dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.