Amerika Kubogi. Argentinaning finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Amerika Kubogi. Argentinaning finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Amerika Kubogining yarim finalida Kolumbiya va Urugvay terma jamoalari 11 iyul, payshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

O‘yin Sharlottadagi (AQSH) Bank of America stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:0 hisobida kolumbiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu uchrashuvdagi yagona gol 39-daqiqada hujumchi Xefferson Lerma tomonidan kiritildi. Unga hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges yordam berdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Daniel Munos ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi.
Shu tariqa Kolumbiya 2024 yilgi Amerika Kubogi finaliga chiqdi va u yerda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Amerika Kubogi. Argentinaning finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa 2021 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan turnirda g‘olib chiqdi. Finalda Argentina terma jamoasi vinger Anxel Di Mariyaning goli evaziga Braziliyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Turnirning final uchrashuvi 15 iyulga belgilangan.

Amerika Kubogi—2024
Yarim final

11 iyul, payshanba

Urugvay – Kolumbiya 0:1
Gol
: 0:1 — Lerma (39).
Urugvay: Rochet, Ximenes, Olivera (de Arraskaeta, 46), Kaseres, Bentankur (Varela, 34; Suares, 67), Valverde, de la Krus (Kanobbio, 90), Ugarte, Arauxo, Pellistri (Olivera, 46), Nunes.
Kolumbiya: Vargas, Munos, Sanches, Kuesta, Moxika, Xames (Kastanio, 62), Lerma, Ya.Ariyas (S.Ariyas, 46), Rios (Uribe, 61), Dias (Sinisterra, 86), Kordoba (Mina, 75).
Ogohlantirishlar: de la Krus (26), Munos (31), Xames (55), Varela (63), Ximenes (69), Kastanio (90+6), Kuesta (90+7).
Chetlatish: Munos (45+1).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.