Singlisi uchun ham g‘alaba qozongan aka

Singlisi uchun ham g‘alaba qozongan aka
Yaponiyalik dzyudochi Abe Xifumi 66 kg vazn toifasida olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu kecha Diyora Keldiyorovaga yutqazib, ko‘z yosh to‘kkan Utening akasi.

Ikki karra olimpiya chempioni bo‘lgach u shunday dedi:

\"Singlim yutqazganida shokka tushdim va kun bo‘yi qayg‘uda yurdim. Lekin kurashishim kerak edi. Singlim uchun ham oltin medalga erisha olganimdan juda xursandman\".

Eslatib o‘tamiz, kecha dzyudochimiz Diyora Keldiyorova 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lgan Ute Abeni mag‘lub etgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.