Parij-2024: Bahodir Jalolov jangidan keyin nimalar dedi?

Parij-2024:  Bahodir Jalolov jangidan keyin nimalar dedi?
Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugungi jangidan keyin chet el jurnalistlariga intervyu berdi.

\"Mening maqsadim bitta, bu ham bo‘lsa, ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish. Bu yo‘lda birinchi to‘siqdan o‘tdim\", - deya savolga javob berdi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasi doirasidagi ilk jangini norvegiyalik Omar Shihaga qarshi o‘tkazib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Jang davomida vakilimiz raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov keyingi jangini 2 avgust kuni avstraliyalik Tremuana Juniorga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.