«Kevo» hujumchisi uyi oldida kaltaklanayotgan ayolni jinoyatchi qo‘lidan qutqardi

«Kevo» hujumchisi uyi oldida kaltaklanayotgan ayolni jinoyatchi qo‘lidan qutqardi
«Kevo» hujumchisi uyi oldida kaltaklanayotgan ayolni jinoyatchi qo‘lidan qutqardi

Italiyaning «Kevo» futbol klubi hujumchisi Rikkardo Mejorini ayolni jinoyatchi qo‘lidan qutqardi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Portalga ko‘ra, hodisa kechki payt sodir bo‘lgan. Mejorini ko‘chadagi qichqiriqlardan uyg‘onib ketdi va uning Veronadagi uyi yaqinida ayol kaltaklanayotgani, libosi esa yirtilganiga guvoh bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi ko‘chaga yugurib chiqdi va polisiya kelgunicha jinoyatchini tutib turdi.

Ma’lumot uchun, «Inter» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Mejorini 2014 yildan beri «Kevo» uchun o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda klub uchun 4 ta o‘yin o‘tkazdi va bir golga mualliflik qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.