Parij—2024. Navbahor Hamidova AQSH vakilini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi

Parij—2024. Navbahor Hamidova AQSH vakilini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova Olimpiadadagi ilk jangini AQSH vakili Morelle Makkeynga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund Navbahorning 4:1 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi raundda esa AQSH vakili 1:4 hisobida ustunlik qildi.

Hal qiluvchi raundda esa Navbahorning qo‘li baland keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun 3 avgust kuni jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.