RPL. SSKA o‘z maydonida "Orenburg" darvozasiga 5 ta gol urdi

RPL. SSKA o‘z maydonida "Orenburg" darvozasiga 5 ta gol urdi
RPLning 3-turidan o‘rin olgan SSKA - \"Orenburg\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda \"armiyachilar\" g‘alaba qozondi.

Gollarga Tamerlan Musayev, Igor Diveyev, Dmitriy Ribchinskiy, Ivan Oblyakov va Kelvinlar mualliflik qildi. Abbosbek Fayzullayev o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonga tushdi va 67-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, poytaxtliklar ochkolari sonini 7 ta oshirib qo‘ydi va turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

SSKA — \"Orenburg\" 5:1
Gollar
: 1:0 – 23 Musayev, 2:0 – 30 Diveyev, 2:1 – 31 Ribchinskiy, 3:1 – 39 Oblyakov, 4:1 – 59 Diveyev, 5:1 – 71 Xelven.
SSKA: Akinfeyev, Moyzes (Lukin, 79), Villian, Diveyev, Krugovoy (Gayich, 79), Xelven, Oblyakov (Glebov, 87), Zdelar, Jemaletdinov (Bistrovich, 67), Fayzullayev (Koyta, 67), Musayev.
\"Orenburg\": Sisuyev, Sidorov, Proxin, Peres, Malix, Gorbani, Mixaylov (Bashich, 66), Ribchinskiy (Oganesyan, 66), Florentin, Marin (Baranovskiy, 66), Mansilya (Saxarxizan, 67).

Ogohlantirish: Sidorov (25), Moyzes (26), Bashich (89), Koyta (90+1).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.