Parij—2024. Erkin kurashchilar Javrail Shapiyev va G‘ulomjon Abdullayev chorak finalga yo‘l oldi

Parij—2024. Erkin kurashchilar Javrail Shapiyev va G‘ulomjon Abdullayev chorak finalga yo‘l oldi
Parij Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik erkin kurashchilar turnirdagi bugungi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

Javrail Shapiyev o‘zbekistonlik erkin kurashchilarning g‘alabali ishtirokini boshlab berdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi G‘ulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Ali Abbos Rizozoda bilan bellashgan sportchi irodali g‘alaba bilan chorak final yo‘llanmasini naqd qildi.

Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.