Maksim Shaskix: Asosiysi, dekabr oyidagi yakuniy maqsadga kim yetishi

Maksim Shaskix: Asosiysi, dekabr oyidagi yakuniy maqsadga kim yetishi
Superligada 15-tur bahslari davom ettirildi. Turning markaziy uchrashuvi esa Qarshida kechdi. Unda \"Nasaf\" \"Paxtakor\"dan minimal hisobda ustun keldi. Bellashuvdan so‘ng \"sherlar\" bosh murabbiyi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Biz bugun yaratgan imkoniyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lar edi. Har safar yigitlarga agar o‘zimizga o‘zimiz muammo tug‘dirmasak, chempionatda bizni yutadigan jamoa yo‘q ekanini aytib kelaman.

- \"Paxtakor\"da yaxshi o‘yin yo‘lga qo‘yilgan, ammo yakunda nimadir yetishmayapti. Seleksiya ishlaridan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Albatta ko‘nglim to‘ldi. Qayerda nima yetishmayapti, bizga? Yangi kelganlar kirishib ketishga harakat qilmoqda. Afsuski, hammasi uchun vaqt kerak.

- 4 ta durang va ikkita mag‘lubiyat. \"Nasaf\" bilan o‘yinlarda hali g‘alaba qozonmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Bu futbol. Asosiysi, dekabr oyidagi yakuniy maqsadga kim yetishi. Istalgan jamoaga yengilish, istalganini yengish mumkin. Masofa hali uzoq, o‘yinlar ko‘p.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.