Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf" jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf" jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Kecha Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov va \"Sho‘rtan gaz-kimyo\" majmuasi bosh direktori Shuhrat Aslanov \"Nasaf\" futbol klubi qarorgohiga kelib futbolchi va murabbiylar bilan uchrashdi.

Murotjon Berdialiyevich jamoa Superligada karvonboshilik qilayotganini va bu shijoatni mavsum oxirigacha ushlab qolish kerakligini, Qashqadaryo xalqi Superliga chempionligini kutayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, jamoada tashkiliy masalalar bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmasligi aytib o‘tildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf" jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
\"Nasaf\" prezidenti Shuhrat Choriyevich ham jamoaga bo‘shashmaslikni, futbolchilar bu vazifani uddalay olishini va klub yangi tarix yozish arafasida turganini e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar ortda qolgan 16 tur natijasiga ko‘ra 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

\"Ajdarlar\" 25 avgust kuni Qarshida Andijonning \"Andijon\" jamoasini qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.