“Roma” klubining Yevropa Ligasidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi

“Roma” klubining Yevropa Ligasidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi
Monakoda futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 2024/25 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning yangi formatida 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatchaga bo‘lingan. 36 ta jamoa bitta jadvalga jam bo‘ladi. Yuqoridagi 8 ta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi, 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lganlar esa o‘zaro bahs olib borib, nimchorak final uchun kurashadi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalarga esa mavsum yakunlanadi.

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Roma” jamoasi Yevropa Ligasidagi raqiblari nomini bilib oldi:
“Roma” klubining Yevropa Ligasidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi
“Roma”ning raqiblari: “Ayntraxt”, “Braga”, “Dinamo” Kiyev, “Atletik”; “Tottenhem”, “AZ”, “Yunion”, “Elfsborg”.

Quyida 1-savatchadagi jamoalarning raqiblari bilan tanishish mumkin:
“Roma” klubining Yevropa Ligasidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi
Yakuniy jadval hamda o‘yinlarning boshlanish vaqti 31 avgust kuni e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.