“SSKA” ishonchli g‘alabaga erishdi, Abbosbek Fayzullayevdan ikkita assist! (video)

“SSKA” ishonchli g‘alabaga erishdi, Abbosbek Fayzullayevdan ikkita assist! (video)
Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogining 4-turida “SSKA” “Krasnodar”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Milan Gayich hisobni ochdi. E’tiborlisi, ushbu golga o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev hammualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim oxirida esa moskvaliklar yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu safar ham Abbosbek assist qayd etdi va uzatmani Matvey Kislyak darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “SSKA” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Rossiya Kubogi
4-tur
“SSKA” — “Krasnodar” 2:0
Gollar
: 1:0 – 32 Gayich, 2:0 – 89 Kislyak.
“SSKA”: Torop, Xelven, Lukin, Diveyev, Moyzes, Gayich, Zdelar, Kislyak, Fayzullayev, Koyta, Guarirapa.
“Krasnodar”: Dyupin, Gonsales, Arutyunyan, Tormena, Olasa, Lenini, Krivsov, Kozlov, Olusegun, Mozes, Kordoba.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.