Shaxmat Olimpiadasi. 9-turda O‘zbekiston erkaklar jamoasi ham, ayollar jamoasi ham durang qayd etdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
20 sentyabr kuni musobaqaning 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Erkaklar terma jamoasi qiyin bahsda Hindiston bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘zbekiston — Hindiston 2:2
- Nodirbek Abdusattorov — Gukesh 0,5:0,5;
- Javohir Sindorov — Rameshbabu P. 0,5 : 0,5;
- Shamsiddin Vohidov — Erigaisi Arjun 0,5:0,5;
- Javohir Vohidov — Santosh Gujrati Vidit 0,5 : 0,5.

Qizlar jamoasi esa Serbiyaga qarshi o‘yinlardan so‘ng durang natijaga erishdi. Nodira Nodirjonova o‘z raqibini yenggan bo‘lsa, Marjona Malikova esa mag‘lub bo‘ldi. Afruza Hamdamova va Nilufar Yakubboyeva durang natijalarga erishdi.
Qizlar:
O‘zbekiston — Serbiya 2 : 2
- Afro‘za Hamdamova — Injak Teodora 0,5:0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Gakkin Marina 0,5:0,5;
- Marjona Malikova — Mandura Tijana 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Erik Jovana 1:0.

Ushbu durang natijadan so‘ng amaldagi chempionlar, O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘ringa tushdi.

9-turdagi durangdan so‘ng O‘zbekiston qizlar jamoasi 25-pog‘onada bormoqda. Ammo yuqori o‘rindagi jamoalar bilan farq katta emas. O‘zbekistonlik qizlarda yuqori o‘rinlarni egallash uchun imkoniyat saqlanib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!20 sentyabr kuni musobaqaning 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Erkaklar terma jamoasi qiyin bahsda Hindiston bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘zbekiston — Hindiston 2:2
- Nodirbek Abdusattorov — Gukesh 0,5:0,5;
- Javohir Sindorov — Rameshbabu P. 0,5 : 0,5;
- Shamsiddin Vohidov — Erigaisi Arjun 0,5:0,5;
- Javohir Vohidov — Santosh Gujrati Vidit 0,5 : 0,5.

Qizlar jamoasi esa Serbiyaga qarshi o‘yinlardan so‘ng durang natijaga erishdi. Nodira Nodirjonova o‘z raqibini yenggan bo‘lsa, Marjona Malikova esa mag‘lub bo‘ldi. Afruza Hamdamova va Nilufar Yakubboyeva durang natijalarga erishdi.
Qizlar:
O‘zbekiston — Serbiya 2 : 2
- Afro‘za Hamdamova — Injak Teodora 0,5:0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Gakkin Marina 0,5:0,5;
- Marjona Malikova — Mandura Tijana 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Erik Jovana 1:0.

Ushbu durang natijadan so‘ng amaldagi chempionlar, O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘ringa tushdi.

9-turdagi durangdan so‘ng O‘zbekiston qizlar jamoasi 25-pog‘onada bormoqda. Ammo yuqori o‘rindagi jamoalar bilan farq katta emas. O‘zbekistonlik qizlarda yuqori o‘rinlarni egallash uchun imkoniyat saqlanib turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













