Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan oʻyinda Portugaliya Polsha ustidan gʻalaba qozondi (video)

Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan oʻyinda Portugaliya Polsha ustidan gʻalaba qozondi (video)
Futbol boʻyicha UEFA Millatlar Ligasi “A” ligasi 1-guruhidan oʻrin olgan 3-tur uchrashuvida Polsha va Portugaliya terma jamoalari toʻqnash keldi.

Uchrashuvni niderlandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ushbu bahsda portugaliyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

26-daqiqada Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva hisobni ochdi.

37-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobidagi farqni oshirdi,. Uning goliga Rafael Leao assistentlik qildi.

88-daqiqada Polsha futbolchilari oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

Mezbonlar uch golga 72-daqiqadagi Zelinskining goli bilan javob berdi.

Shu tariqa Ronaldu oʻz hisobidagi gollari sonini 906 taga etkazib oldi.

Millatlar Ligasi.
3-tur

12 oktyabr, yakshanba

Polsha — Portugaliya 1:3
Gollar
: 0:1 — Silva (26), 0:2 — Ronaldu (37), 1:2 — Zelinski (78), 1:3 — Bednarek (88, avtogol).
Polsha: Skorupski, Davidovich, Bednarek, Valyukevich (Kiver, 46), Zalevski (Amiyou, 76), Zelinski, Oedele (Moder, 66), Shimanski (Piontek, 84), Frankovski, Sviderski (Urbanski, 76), Levandovski.
Portugaliya: Koshta, Mendesh, Diash, Dalot, Veyga, Silva (Samu Koshta, 90+1), Ruben Nevesh, Leau (Trinkau, 64), Fernandesh (Otavio, 90+1), Netu (Semedu, 82), Ronaldu (Jota, 63).
Ogohlantirishlar: Netu (32), Valyukevich (45+1), Frankovski (51), Skorupski (88), Piontek (88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.