Dzyudochilarimiz jahon chempionatida zafar quchishdi

Poytaxtimiz mezbonligida o‘tgan dzyudo bo‘yicha Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Uch kun davomida «Yunusobod» sport majmuasida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar jahon chempionati medallari uchun bahs olib borishdi. Yakkalik musobaqasida 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Kecha jahon chempionatining so‘nggi kuni jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda qizlarimiz jahon chempioniga aylanishdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi finalda fransiyalik dzyudochilarni 3:1 hisobida yengishdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa murosasiz kechgan final uchrashuvida mo‘g‘ulistonlik harbiy dzyudochilarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Hal qiluvchi beshinchi bellashuvda Artyom Shturbabin raqibiga yutqazib qo‘ydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uch kun davomida «Yunusobod» sport majmuasida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar jahon chempionati medallari uchun bahs olib borishdi. Yakkalik musobaqasida 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Kecha jahon chempionatining so‘nggi kuni jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda qizlarimiz jahon chempioniga aylanishdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi finalda fransiyalik dzyudochilarni 3:1 hisobida yengishdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi esa murosasiz kechgan final uchrashuvida mo‘g‘ulistonlik harbiy dzyudochilarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Hal qiluvchi beshinchi bellashuvda Artyom Shturbabin raqibiga yutqazib qo‘ydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













