Naoya Inouening navbatdagi jangi tasdiqlandi

Naoya Inouening navbatdagi jangi tasdiqlandi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue dekabr oyida ringga qaytadi.

Yaponiyalik bokschi 24 dekabr kuni Tokio shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida avstraliyalik da’vogar Sem Gudmandan IBF chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko‘radi.
Naoya Inouening navbatdagi jangi tasdiqlandi
Inouening WBA kamariga majburiy da’vogar bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning esa dekabr oyida WBA Interim kamari uchun jang qilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Inoue o‘zining so‘ngi jangini 2024 yil sentyabr oyida o‘tkazgan. Bokschi mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.

Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue jangdan bosh torsa, qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.