UFC 308. Hamzat Chimaev birinchi raunddayoq Robert Uittakerni boʻgʻish usuli bilan taslim qildi

UFC 308. Hamzat Chimaev birinchi raunddayoq Robert Uittakerni boʻgʻish usuli bilan taslim qildi
Foto: Getty Images
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida oʻtkazilayotgan UFC 308 musobaqasining ikkinchi asosiy jangi yakunlandi.

Co main event\"da asli chechenistonlik, hozirgi kunda BAA sharafini himoya qilaayotgan Hamzat Chimaev avstraliyalik Robert Uittaker bilan toʻqnash keldi.

Hamzat Chimaev jang avvalida oʻrta vazn toifasi boʻyicha UFC reytingida 13, Uittaker esa 3-oʻrinni egallab turgan edi.
UFC 308. Hamzat Chimaev birinchi raunddayoq Robert Uittakerni boʻgʻish usuli bilan taslim qildi
5 raund etib belgilangan jang ilk raunddayoq yakunlandi. Hamzat Chimaev raqibini boʻgʻish usuli orqali taslim etdi.

Hamzat Chimaev 2018 yilda professional tarzda janglarga qatnashishni boshlagandi. U 14-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.