O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasidagi o‘yinni Benjamin Uilyams boshqaradi


Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “A” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Eron uchrashuvini Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
6 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinda Uilyamsga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).
Mazkur uchrashuv nazoratchisi sifatida Birlashgan Arab Amirliklaridan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo‘lsa, falastinlik Jabril Ali komissar sifatida ishlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













