Krishtianu Ronaldu: Mavsum oxirigacha jurnalistlar bilan gaplashmayman


“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Shalke”ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng mavsum oxirigacha jurnalistlar bilan muloqot qilmasligini ma’lum qilgan.
“Men hech nima demayman. Mavsum oxiriga qadar jurnalistlar bilan gaplashmoqchi emasman”, – deydi futbolchi.
Goal.com bergan xabarga ko‘ra, futbolchi o‘yin vaqtida Karim Benzema bilan urushib qolgan. O‘yindan so‘ng Ronaldu jamoadoshlari o‘yinidan noroziligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 3:4 hisobida“Shalke” foydasiga hal bo‘lgan.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













